All or Nothing Amplified [Ol or Nosing Emplifayd] tana va sochlar uchun iforli purkagich
- ✓Tuberoza va qizil zanjobilning jozibali, nafis ayollik notalari.
- ✓Iforlarni qatlamli qoʻllash uchun mukammal boʻlgan vaznsiz formula — havodorlik bagʻishlaydi va shleyfni yanada kuchaytiradi.
- ✓Sizning sumkangiz uchun maxsus: kun davomida iforni yangilab turish uchun oʻzingiz bilan olib yurishga qulay boʻlgan yengil flakon.
Tavsif+
Faol tarkibiy qismlar+
Maftunkor ayollik va joziba tarannumiUshbu jozibali ayollik ifori iliq va boy asosda jasur zirvorli jilolar bilan kuchaytirilgan hashamatli gul qirralari orqali e'tiborni o'ziga jalb qiladi. Kompozitsiya sersuv mandarin va olovli pushti murch portlashi bilan ochiladi. Iforning markazida (yuragida) nafis tuberoza kutilmagan va dadil qizil zanjobil bilan uygʻunlashib, Sizning o'ziga xosligingizni namoyon etadi. Oʻzidan soʻng unutilmas va boy shleyf qoldiruvchi yogʻochli notalar hamda vanil qimmatbaho ambraning maftunkor jilolari bilan raqsga tushib, butun parfyumga alohida joziba bagʻishlaydi.
Iforlar oilasi
Ambrali gulli
Ifor notalari
YUQORI NOTALAR: Sersuv Scentaurus® Juicy akkordi, Italiya sariq mandarini efir moyi Orpur™, pushti murch.YURAK NOTALARI: Hindiston tuberozasi absolyuti Orpur™, Laos qizil zanjobili efir moyi Orpur™.ASOSIY NOTALAR: Indoneziya pachulisi efir moyi Orpur™, qimmatbaho ambra akkordi, oq vanil akkordi.
Asosiy nota
Hindiston tuberozasi absolyuti Orpur™ va Laos qizil zanjobili efir moyi Orpur™.
Tuberoza dunyodagi eng xushbo'y gullardan biri hisoblanadi. Uning kuchli, go'zal va chinakam ayollik ifori ushbu parfyum qiyofasini hayratlanarli va sehrli darajada jozibali qiladi. Dadil qizil zanjobil esa kutilmagan, hayajonli va o'ziga xos jilo bag'ishlaydi.
Qo'llash usuli+
Mistni sochlaringiz va tanangizga 20 sm masofadan moʻl-koʻl purkang. Kun davomida xohishingizga koʻra qayta qoʻllang. Koʻzga tegishidan saqlaning.
Ifor chidamliligining siri: Mukammal parfyumeriya marosimini yaratish va ifor taralishini kuchaytirish uchun tana va soch mistini unga mos keluvchi All or Nothing Amplified parfyumi ustidan qoʻllang. Parfyumni tomir urib turadigan nuqtalarga purkang, soʻngra yengil mistni soch va tanangizga nurlating. Ushbu kombinatsiya iforga havodorlik bagʻishlaydi, sevimli notalaringizni yanada yorqinroq ochadi va ularning chidamliligini uzaytiradi.